Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Buxoroda fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
2022 yilning 31 may kuni Buxoro viloyatiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shu kuni Ombudsman qabuliga 100 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi. Unda ishdan noqonuniy bo‘shatilgani sababli ishga tiklash, homiladorlik va tug‘ish taʼtili pulini undirish, uy-joy va yer ajratish, ijtimoiy yordam, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llashda amaliy yordam berish, kredit va subsidiya olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Ombudsman vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga esa huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shu kuni qabul qilingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olindi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynovaning fuqarolar qabuli har haftaning chorshanba va juma kunlari soat14:00 dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

Manzil: Buxoro shahar, Navoiy shoh ko‘chasi 3-uy

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati