Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov 2022 yilning 31 may kuni 10-son tergov hibsxonasiga borib, mahbus S.Q. bilan suhbatlashdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruvi jarayonlari tugallanganidan keyin Ombudsmanning rasmiy munosabati berilishini maʼlum qilamiz.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati