Mazkur monitoring tashrifida «Demokratiya va inson huquqlari Instituti» nodavlat notijorat tashkiloti direktori Sayyora Xodjayeva va ushbu tashkilotning boshqa vakillari ham ishtirok etishdi.
Yuqorida qayd etilganidek mazkur koloniya erkak va ayol mahkumlar jazo o‘tashlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning 80 foizdan ortig‘i ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilgan.
Tashrif davomida mahkum va mahkumalarning yuvinish xonalari, yotoq joylari hamda oshxonalarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berish holatlari ko‘zdan kechirildi. Koloniyadagi huquqiy, diniy va badiiy adabiyotlar bilan jamlagan kutubxona hamda mahkum va mahkumalarning mehnat qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan boshqa sharoitlar o‘rganildi.
Shundan so‘ng, mahkum va mahkumalar bilan jamoaviy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar yetkazildi. Shuningdek, mahkum va mahkumalardan jazoni ijro etish muassasalaridagi mavjud shart-sharoitlar yuzasidan takliflari eshitildi.
Ommaviy uchrashuvdan so‘ng, holi tarzda qabul so‘ragan mahkumlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mahkum va mahkumalar tomonidan sud-tergov va oilasiga ijtimoiy yordam masalasida murojaatlar kelib tushdi hamda ularga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati