Haqiqatdan ham jamiyatda aholini aniq va holis axborot bilan taʼminlashdagi o‘rningiz tobora mustahkamlanib, xalqning OAVga ishonchi ortib bormoqda. Sababi qalam ahli tomonidan ko‘tarilgan masala jamoatchilik eʼtiborini tezda tortadi. Natijada ushbu masalalarga darhol munosabat bildirilib, uni hal etish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har bir tanqidiy va muammoli holatga tegishli davlat idoralari tomonidan tezkorlik bilan munosabat berilishini talab qiladi.
Axborot bugun erkin aylanyapti va bu so‘z erkinligi bilan bevosita bog‘liqdir. To‘g‘ri, baʼzida jurnalistlarning bosimga uchrayotgani haqidagi xabarlarga ham ko‘zimiz tushadi. O‘zbekiston bu borada o‘zining ochiqlik pozitsiyasini eʼlon qilgan va ortga qaytmaydi. O‘ylaymanki, so‘z erkinlini taʼminlash yo‘lidagi islohotlar zanjiri siz faoliyatingizda duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Hurmatli jurnalist, bloger va matbuot kotiblari! mamlakatimizda inson huquqlarining taʼminlanishi borasidagi bugungi faoliyatingiz maqtovga sazovor. Bundan keyingi faoliyatingizda ham axborotlarni tezkor, xolis va to‘g‘ri yoritishingizda kuch-g‘ayrat, shijoat va ilhom tilayman.
Shu fursat bahonasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini muntazam yoritib, aholining huquqiy xabardorligini oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha OAV xodimlari va blogerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Bundan keyingi fidokorona faoliyatingiz ham ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin. Sizga sog‘lik, kuch-quvvat, shijoat tilayman. Yangi yangi g‘oyalar Sizni aslo tark etmasin!
Hurmat bilan Ombudsman jamoasi