Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Turkmaniston Ombudsmanlari uchrashishdi
Shu kunlarda, Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida qator xalqaro uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Turkmaniston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili - Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova bilan uchrashdi.

Turkmaniston Ombudsmeni Yazdursun Gurbannazarova 2021 yilda Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti “B” maqomga ega bo‘lganini qayd etib, ular ham statusga ega bo‘lish bo‘yicha ishlayotganini qayd etdi. Shu nuqtai nazardan yangi maqomga ega bo‘lish bosqichlari va O‘zbekiston Ombudsman institutining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tajribasini o‘rganish niyatida ekanini bildirdi.

Feruza Eshmatova mehmonni qiziqtirgan maʼlumotlarga to‘xtalar ekan, Vakil institutining xalqaro aloqalari yana-da mustahkamlanayotgani, xususan, Yevroosiyo Alyansi xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli aʼzosi bo‘lganligi hamda Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlarining Assotsiatsiyasi tashkil etilganligi maʼlum qilindi.

O‘zaro suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yana-da kengaytirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini taʼminlashda ular bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi. Xususan, saylov jarayonlarida imkoniyati cheklangan shaxslarning ovoz berish huquqidan erkin foydalanishi uchun saylov uchastkalaridagi sharoitlar Nogironlar Assotsiatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda o‘rganilgani qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati