Tadbirda so‘z olgan Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirokchilarga Ombudsman va uning mintaqaviy vakillarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari vazifalariga to‘xtaldi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini xalqaro huquqning inson huquqlari sohasida umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, mahkumlarning murojaatlari muassasa maʼmuriyati tomonidan ko‘zdan kechirilmasligi va uni qabul qiluvchiga zudlik bilan yuborishini qatʼiy taʼminlash, qiynoqqa solingan shaxslarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishi, qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarida eʼtibor qaratiladigan jihatlari bilan tanishtirildi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati