Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari bilan onlayn muloqot qildi
Joriy yilning 20 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova, Vakil o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil A.Yunusova hamda Ombudsman Kotibiyati vakillari, Yangi ovoz berish texnologiyalari bo‘yicha YEXHT DIIHBning saylovlar bo‘yicha katta maslahatchisi Vladimir Misev va YEXHT DIIHB saylovlar bo‘yicha maslahatchisi Kseniya Dashutsina ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yilning yarim yillik faoliyatiga to‘xtalindi. Qayd etilishicha, joriy yildan mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktablari” loyihasi amalga oshirilmoqda. Respublikaning chekka chekka  hududlarining quyi qismlarida yaʼni mahalladarda o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘sha hudud uchun dolzarb bo‘lgan mavzular Ombudsmanga yuborilgan murojaatlar tahlili asosida tanlanib, tegishli mutasaddi tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan aholiga maʼlumot beriladi.

O‘zaro muloqot davomida Ombudsmanning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, ilk marotaba o‘tkazilgan Markaziy Osiyo Ombudsmanlari forumi hamda unda imzolangan hamkorlik memorandumlarning ahamiyati hamda Ombudsmanning Konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki haqida so‘z bordi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti Kengashining qo‘shma qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya tuzilganligi, Ombudsman Komissiya raisi etib tasdiqlanganligi, shuningdek komissiya tarkibiga Parlament aʼzolari, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro NNT, “Huquqiy tayanch” NNT, Shvetsiyaning “Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi” NNT, fuqarolik jamiyati vakillari, professor o‘qituvchilar hamda yozuvchilar kiritilganligi va hozirda Komissiya aʼzolari guruhlarga bo‘lingan holda joylarga chiqib, fuqarolar bilan uchrashib maʼlumotlar to‘playotgani va tahlil qilinayotgani aytildi.

Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati