Monitoring davomida mahkumlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, umumiy oshxonaning sanitariya-gegiyena talablariga javob berish holatlari o‘rganildi. Ombudsman qutilari ochilib qoldirilgan murojaatlar o‘rganish uchun olindi.
Shuningdek, koloniya kutibxonasi huquqiy, diniy va badiy adabiyotlar bilan taʼminlanganligi, mahkumlarning mehnat qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.
Koloniyada mahkumlarning ish bilan taʼminlanganlik darajasi o‘rganilganda, ularning yog‘ochga ishlov berish, sim setka to‘qish, g‘isht va rom ishlab chiqarish hamda tikuv sexlarida ishlayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Shundan so‘ng mahkumlar bilan jamoaviy uchrashuv o‘tkazilib, uchrashuv davomida mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan tamoyildan kelib chiqib amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berilib, ular tomonidan taqdim etilgan xar xil mazmundagi murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati