Shuningdek, savdogarlar namoyishdagi voqealar mahalliy aholi tomonidan amalga oshirilmaganligi, mamlakat tinchligini buzishni istovchi kuchlar taʼsiri tufayli vaziyat jiddiylashganini aytishdi. Namoyishdan so‘ng savdogarlar maʼlum vaqt davomida qo‘rqib bozorga chiqishmagan.
Hozirda bozorda tinchlik barqaror, hammasi o‘z o‘rniga tushgan. Savdogarlar va haridorlar xotirjam o‘z ishlari bilan band. Narx-navoning sunʼiy oshib ketmasligini oldini olish maqsadida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istonda o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.