Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha yozuvchi va shoirlarning fikrlari o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari adiblar bilan suhbatlashish, bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha ular fikrlarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.

Maʼlumki, xalqning o‘y-fikrlari, qarashlari va ularni qiynab kelgan masalalar ushbu hududda qalam tebratayotgan adib va yozuvchilarning asarlarida aks ettiriladi. Ular aholi bilan muntazam muloqot qilib, hayotiy asarlar yozishga intilishadi. Shu nuqtai nazardan Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istonning yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda adiblar fikrlari tinglandi. Ularning fikricha bo‘lib o‘tgan namoyishlar kutilmaganda sodir bo‘lgan va endilikda bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yozuvchi shoirlar  yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar borligi va bunda yozuvchi hamda shoirlarning ham o‘rni muhim ekanini taʼkidlashdi.

Shuningdek, adiblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan Qoraqalpog‘istonga tashrifi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora bo‘lganini qayd etishdi.

Uchrashuvda yozuvchi shoirlarning bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha fikrlari tinglandi. Olingan maʼlumotlar Komissiyaning yakuniy xulosasida aks etadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati