Keyingi to‘rt yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning shaxsiy qabullari bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, fuqarolarimiz bilan bo‘ladigan yuzma-yuz muloqat davomida ularning bolalar haqidagi tashvish hamda muammolarini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli idora va tashkilotlar bilan bamaslahat hal etish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidlash o‘rinlidir.
Joriy yilning 6 oyi mobaynida Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari, bolalar hamda ular qonuniy vakillari tomonidan jami 325 ta murojaatlar qabul qilingan, shundan, shaxsiy qabulda 125 ta murojaat qabul qilingan.
Murojaatlarning tasnifiga ko‘ra, quyidagi huquq buzilishlari ko‘p uchramoqda
- voyaga yetmagan bolalarni aliment olish huquqiga doir 29 ta;
- sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarining ijro etilmayotganligidan norozi bo‘lib 48 ta;
- birga yashamaydigan ota-ona o‘rtasida bolaning yashash joyini belgilash borasida o‘zaro nizo bo‘yicha 43 ta
- sudlarda bolaning fikrini inobatga olish, bolalarning hohishiga qarshi birga yashamaydigan ota yoki ona bilan yashash belgilanganligidan noroziligiga doir 31 ta;
- shaʼriy nikohdagi ayollar va bolalarning huquqlariga doir 29 ta;
- bolaning turar joyga bo‘lgan huquqiga doir 19 ta;
Murojaatlar Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 48 ta murojaatlar idora va tashkilotlar tomonidan qanoatlantirilgan. 189 ta murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan bola huquqlari va erkinliklarini taʼminlash yuzasidan maʼlumotlar olishni so‘rab 38 ta xat davlat tashkilotlariga yuborilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati