Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi
Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri, Bola  huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani), Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi  hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish mutasaddi rahbarlari, Milliy gvardiyaning mazkur yo‘nalishga masʼul xodimlari, respublikamiz bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan 125 ta oilaviy bolalar uylari ota-onalari, shuningdek joylardagi vazirliklarning sohaga oid masʼul rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi xalqaro standartlar hamda Oilaviy bolalar uylari, moliya-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynidagi tizimda yo‘lga qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, mazkur Qaror bilan mazkur muammoli masalalar o‘z yechimini topganligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Yig‘ilish davomida joylardagi oilaviy bolalar uylari rahbarlari va masʼul xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati