“Jinsiy va genderga asoslangan zo‘ravonlik muammosini qamoqda saqlash monitoringiga integratsiya qilish” mavzusiga bag‘ishlangan treningda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Janubi-Sharqiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan nazorat mexanizmlarining 50 ga yaqin vakillari qatnashishdi.
Mazkur mintaqaviy trening jinsiy va genderga asoslangan zo‘ravonlik muammosini qamoqda saqlash monitoringiga integratsiya qilishda nazorat mexanizmlarining salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Unda ishtirokchilarga zo‘ravonlikni aks etishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlar turlari, ularning monitoringi bilan bog‘liq muayyan xavf va muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha xalqaro amaliyot haqida maʼlumot berildi.
Trening davomida qator davlatlar Ombudsmanlari jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bu boradagi o‘z tajribasiga to‘xtalar ekan, ushbu monitoring tashriflari jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilishiga urg‘u berdi.
Erkin muloqot va guruhlarga bo‘linib ishlash usullarini o‘zida jamlagan mazkur treningda zo‘ravonlik holatlarini aniqlashdagi nazorat mexanizmlari va belgilangan ko‘rsatmalar yuzasidan fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati