Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
HAMDARDLIK
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzosi Abdumutalib ABDULLAYEVning vafoti munosabati bilan marhum ustozning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

A.Abdullayev o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, viloyat fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, xususan aholi o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishda, jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda faol qatnashdi.

A.Abdullayev, shu bilan birga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzayotgan organlar, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda samarali faoliyat yuritdi.

Mehribon va jonkuyar ustoz, samimiy va kamtarin inson Abdumutalib Abdullayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati