20 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida mehnat qonunchiligi, pensiya, uy-joy, sud jarayonlarida Ombudsman vakilining ishtirokini taʼminlash, ijtimoiy yordam olish va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Baʼzi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida olingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o‘rganish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ishga kirishildi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati