Unda shu yilning 17 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan “IIBning voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”dan Uchko‘prik tumani Sulton MFYda yashovchi 9-sinf o‘quvchisi A.R.ning vafot etgani aytilgan.
Mazkur holat Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) nazoratiga olinib, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilindi.
Hozirda muassasadagi mavjud holat Bolalar Ombudsmani ishtirokida o‘rganilayotgani va bu haqda jamoatchilik xabardor qilinishi maʼlum qilinadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati