Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xivadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan muruvvat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
2022 yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov tomonidan Xiva nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi.

Xiva “Muruvvat” internat uyi 330ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, monitoring o‘tkazilgan kunda 329 ta bemor davolanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Monitoringda bemorlarni yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganildi. Aniqlanishicha, bemorlarga autsorsing xizmati asosida kuniga 4 mahal issiq ovqat beriladi. Bemorlarga qarindoshlari bilan uchrashish uchun ham yetarli sharoitlar yaratilgan.

Tibbiyot xodimlari tomonidan dori-darmonlar yetarli ekanligi maʼlum qilindi. Ularni tanlab ko‘zdan kechirilganda yaroqlilik muddati o‘tganlari aniqlanmadi.

Shuningdek, muassasada yashayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yuvinish xonalari ko‘zdan kechirilganda, sanitar-gigiyena talablariga oid kamchiliklar aniqlanmadi.

Monitoring davomida qator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, muassasaning oshxonasi va ovqatlanish zali ko‘zdan kechirilganda oshxona binosi taʼmirtalabligi va belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi.

Muassasadagi bemorlar bilan xoli tarzda suhbatlashilganda sharoitlar bo‘yicha ariza va shikoyatlar kelib tushmadi.Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mintaqaviy vakil tomonidan muassasa rahbariyatiga tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati