Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
3 DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI XORAZMDA MUNOSIB NISHONLANDI
2022 yil 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat Bojxona boshqarmasi, Xiva tuman xokimi, viloyat IIB MVFRB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida internat uyida yashab, davolanayotgan shaxslarning 5 nafariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID kartalar va sovg‘alar topshirildi.  

Shundan keyin madaniyat xodimlari tomonidan konsert dasturi va Xiva qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari ijrosida spektakl namoyish etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati