Tashrif davomida koloniya hududini obodonlashtirish turkum yotoqxonalari, oziq-ovqatlarni saqlash omborxonasi, sartaroshxona hamda boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarining holati va Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 84 nafar mahkumlar bilan jamoaviy shaklda suhbatlar tashkil etildi.
Mintaqaviy vakilning avvalgi monitoringlari davomida bir nechta mahkumlarning psixologik yordamga muhtoj ekanligi aniqlangan edi. Shu nuqtai nazardan mazkur tashrifga psixolog-mutaxassis ham jalb etildi. Psixolog 12 nafar mahkum bilan yakka holda suhbatlashib, ularga ruhiy yordam ko‘rsatdi.
Shu bilan birga koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 5 nafar fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan mahkumlarga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar topshirildi.
Shuningdek, koloniyada kabel televideniyasi va radio tarmog‘i imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida “O‘zteleradiokompaniya” tomonidan efirga uzatilayotgan vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi audio kitoblar, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar to‘plami taqdim etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati