Sessiyalarda Ukraina, Rossiya, Vengriya, Bangladesh, Falastin, Ozarbayjon, Moldova, Chernogoriya, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ruminiya, Serbiya, Qatar, Keniya, Pokiston, Shri-Lanka, Pokiston, Janubiy Afrika va O‘zbekiston Ombudsmanlari o‘zlarining ilg‘or tajribalari haqida chiqish qilishdi.
Xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda amaliyotga tatbiq qilingan raqamli texnologiyalar haqida maʼlumot berdi.
2 kunlik xalqaro konferensiya davomida ishtirokchilar inson huquqlarini taʼminlash borasidagi ko‘plab ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati