Inson huquqlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar va unda Ombudsman institutining o‘rni
Mahkumlarning huquqlarini taʼminlash va qiynoqlarning oldini olishda parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish masalasi doim dolzarb edi. O‘rnatilgan nazoratdan so‘ng Ombudsman institutiga aniq vazifalar belgilab berilib, vakolatlari kengaytirildi. Natijada 4 yil avvalgi qonun bilan Ombudsman to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan Milliy preventiv mexanizm joriy etildi. Prezidentning 2021 yildagi Qarori bilan Milliy preventiv mexanizm yana-da takomillashtirildi. Xo‘sh, bu xujjatlar amalda qanday ishlayapti, Ombudsman vakolatlari doirasida nimalar qilyapti? Ushbu savollarga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova javob berdi.