Mazkur uchrashuvda Ombudsman institutining tarixi, mamlakatimizda tashkil topib shakllanishi, faoliyatining huquqiy asoslari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ularni ko‘rib chiqishda vakilning vakolatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shu kuni Qarshi shahar Maʼnaviyat markazida “Neftchi”, “Oydin”, “Nuriston”, “Bunyodkor” va “Paxtazor” MFY yoshlari uchun davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Quvasoy shaharlari hamda Oltiariq, Uchko‘prik, Beshariq, Quva tumanlari yoshlari uchun ham “Inson huquqlari” haftaligi doirasida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda 200 dan ziyod maktab, oliy taʼlim muassasalari o‘quvchilari, mahallalardagi faol yoshlar qamrab olindi.
Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan davra suhbatida prorektor, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ishlari agentligi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda Ombudsmanning Navoiy viloyati mintaqaviy vakili tomonidan Ombudsman institutining tarixi, mamlakatimizda tashkil topib shakllanishi, faoliyatining huquqiy asoslari, prinsplari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ularni ko‘rib chiqishda vakilning vakolatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Uchrashuvlar yakunlarida talaba-yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va atroflicha muhokama etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati