Buxoro Davlat tibbiyot institutida Pediatriya fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir “Ombudsman va yoshlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda so‘z olgan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, milliy qonunchilik hamda Ombudsman faoliyati haqida maʼruza qildi.
Nurafshon shahar Davlat xizmatlar markazida o‘tkazilgan tadbirda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat bo‘linmasi, Adliya boshqarmasi, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirda Furqat tumanining 2-umumtaʼlim maktabi, 1-sonli kasb-hunar maktabi, Uchko‘prik tumani 9, 12, 4- umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari qamrab olindi.
Davra suhbatida Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilov, Yoshlar ishlari agentligi, adliya bo‘limi xodimlari, prokuror, sudyalar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari va yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlarning bandligi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati