Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiya uchun ovoz berib, inson huquqlarining fundamental asoslari mustahkamlanishiga hissa qo‘shing!
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida belgilanmoqda. Bu bilan qiynoq holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar ildizi qirqilmoqda. Shuningdek, inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan Miranda qoidasi, yaʼni shaxsni ushlab turish chog‘ida unga huquqlari, ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi bo‘yicha ham norma kiritilayapti.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada shu kabi inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan normalar amaldagisidan 3 baravarga ko‘p. Hattoki, ularni amalga oshirish mexanizmlari, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda. Men ombudsman sifatida bunga #befarqemasman va sizlarni ham referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman. Yangi Konstitutsiya uchun ovoz berib, inson huquqlarining fundamental asoslari mustahkamlanishiga hissa qo‘shing!

Feruza Eshmatova, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)