Mazkur davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad - davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida umumiy muloqot maydonini yaratishdan iborat.
Davra suhbatida taʼkidlanishicha, Yangilanayotgan Konstitutsiyaga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilib, tegishli taʼrif berilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtirokini taʼminlash Hukumatning eng muhim vazifalari sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, tadbirda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida keyingi paytda izchil ish olib borilgani alohida eʼtirof etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati