Sayyor qabulda bo‘lgan 25 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitildi, jumladan, ishga joylashish, ijtimoiy yordam, bola puli olish, uyni taʼmirlash, farzandini davolanishda kabi masalalarda yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 12 tasi joyida hal etildi, jumladan, 2 nafar fuqaroga 2 mln so‘mdan moddiy yordam puli berildi, bir nafar talabani kontrakt to‘lovi to‘lab berildi. Bir necha fuqarolar bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.
Shuningdek, 13 nafar murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati