Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman mintaqaviy vakili Farg‘onadagi maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi
2023 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat SES, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislarini jalb qilgan holda Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maxsus qabulxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Maxsus qabulxona jami 140 nafar mahbusni saqlashga mo‘ljallangan, biroq, hozirgi vaqtda qabulxonada meʼyoridan ortiq, yaʼni 159 nafar mahbus saqlanayotganligi aniqlandi.

Maxsus qabulxonada saqlanayotgan 7 nafar mahbus bilan yakka tartibda hamda 32 nafar mahbus bilan ommaviy tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida mahbuslar yaratilgan sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligini, ularga nisbatan qabulxona xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar, jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini bildirishdi.

Tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalarda videokuzatuv vositalari o‘rnatilgan bo‘lib advokatlar istalgan vaqtda advokatlik so‘rovnomasi orqali tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishlari mumkinligi aniqlandi.

Monitoring davomida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, sayr qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish va sanitariya sharoitlari o‘rganildi va baʼzi kamchiliklar aniqlandi. Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha maxsus qabulxona maʼmuriyatiga tavsiyalar berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati