Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Anomal issiq sharoitida mahbuslarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha Namanganda monitoring o‘tkazildi
Joriy yilning 3 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyev Uychi tumanidagi 6-son Tergov hibsxonasidagi sharoitlarni o‘rgandi.

Tergov hibsxonasidagi sayilgoh ko‘zdan kechirilganda anomal issiq harorat kuzatilayotgani sababli mikroklimit sovutish tizimi tashkil etilganiligi va televizor o‘rnatilganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, 120 nafardan ortiq mahkumlar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazildi. Shundan so‘ng, muhrlangan “Ombudsman qutisi” ochib ko‘rilganda 5 ta murojaat mavjudligi aniqlandi va darhol murojaat egalari bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Monitoring doirasida yana 4 nafar mahbus bilan murojaatlari qabul qilindi. Sayyor qabulda Ombudsman mintaqaviy vakilini sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi, Oliy sudga murojaat yuborish kabi masalalar ko‘tarildi.

Monitoringda mazkur tergov hibsxonasida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi. 

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati