Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili yordamida Muruvvat uyidagi erkaklarga ID-kartalar topshirildi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi rahbariyati ushbu muassasada yashovchi nogironlarning ayrimlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib berishda yordam so‘rab Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilgan edi. Chunki, mazkur muassasada ko‘p yillardan buyon parvarishlanib kelinayotgan 7 nafar shaxs mustaqil ravishda muloqot qilib, o‘z fikrini bayon etish imkoniyatiga ega emas.

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova ushbu murojaatni nazoratiga olib, tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Natijada 7 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ID-kartalar rasmiylashtirildi.

Ombudsmanning Buxoro mintaqaviy vakili, Davlat bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasi va IIB bilan hamkorlikda Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyida tashkil etilgan tadbirda ID-kartalar o‘z egalariga topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati