Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha seminar tashkil etildi
Joriy yilning 20 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huqulari bo‘yicha vakili Ombdsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi majlislar zalida tashkil etilgan “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.Unda viloyat odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi aʼzolari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi, IIB, Davlat mehnat nazorarti inspeksiyasi, NNTlarni muvoffiqlashtirish Kengashi rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilariga “Odam savdosi va majburiy mehnat”ga yo‘l qo‘ymaslik ularni oldini olishning samarali yo‘llari va usulullari, kelib chiqish sabalari, qonunchilikda belgilangan choralar, mehnat qonunchiligi talablariga qatʼiyan rioya etilishi, hududiy komissiyaga yuklatilgan vazifalar xususida maʼlumotlar berildi.

Jumladan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombdsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili  fuqarolarni “Odam savdosi va majburiy mehnat” subektiga aylanib qolishining eng asosiy sabablaridan biri bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi tartiblardan xabardor emasligiga urg‘u berdi. Bu salbiy illatni oldini olishning eng samarali yo‘li bu hamkorlikda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini amalga oshirish kerakligiga eʼtibor qaratdi.

Respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlarida ushbu mavzuni aholiga keng tushuntirilishida  hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Taklif seminar ishtirokchilari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati