Monitoring tekshiruvi davomida hibsxona hududi, uzoq muddatli uchrashuv xonasi, fuqarolarni qabul qilish joyi, hibsxonadagi yuvinish xonalari ko‘zdan kechirildi. Mahbuslarning ovqatlanish sharoitlari va oziq-ovqat taʼminoti ham o‘rganilib tegishli tavsiyalar berildi.
Ombudsman mintaqaviy vakil mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy suhbat o‘tkazib, ularning hibsxonada yaratilgan sharoitlar bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. 2 nafar mahbus iltimosiga ko‘ra yakka holda qabul qilindi. Ularning sud va tergov jarayoniga oid murojaatlari tinglanib, mahbuslarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Monitoring doirasida tergov hibsxonasi xodimlariga hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan belgilangan normalarga qatʼiy rioya qilgan holatda muloqotda bo‘lish, ularning huquq va manfaatlarini hurmat qilish va qiynoq holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati