Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi”loyihasi Anidjon viloyatining Marhamat tumanida o‘tkazildi
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.

Qolaversa, Davlat rahbarining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Navbatdagi “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi tadbir 2023 yilning 9 avgust kuni Andijon  viloyati Marhamat tumanidagi 47-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha qabul qilingan normativ hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga  yetkazish maqsadida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda “Mingtepa”, “Dukchi eshon”, “O‘zbekiston” MFYlari yig‘inlari raislari, xotin-qizlar va faollar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolarning o‘nlab savollariga batafsil javob berildi.

Shu kuni tadbirdan so‘ng Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidovaning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda “Madad” NNT masʼul xodimi ham ishtirok etdi.

Qabul davomida 10 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati