Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
 Navoiy shahridagi  fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 11 avgust kuni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan fuqarolarni xabardor qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish, kasbga tayyorlash va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Navoiy shahrida o‘tkazildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyati mintaqaviy vakili tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda  “Yangiariq”, “Hayot”, “Guliston”, “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Kimyogar”, “Meʼmorlar”, “G‘alaba” va “Vatan” mahallari faollari ishtirok etishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati