Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijonda “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Ombudsman maktabi”loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir 2023 yilning 23 avgust kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida o‘tkazildi. Unda aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati aholiga  yetkazildi. 300 nafarga yaqin fuqarolarni qamrab olingan tadbirda “Oxunboboyev”, “Ibrat”, “Do‘stlik”, “Ko‘tarma”, “Katta ko‘tarma”, “Katta polkonMFYlarida yashovchi fuqarolar, mahalla raislari, mahalla xotin-qizlar va mahalla faollari va hokimiyat vakillari ishtirok etishdi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, gaz ballonlari va boshqa hal etilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy masalalar ko‘tarildi va ular mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan joyida bartaraf etishdi.

Shu kuni Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvoxidova fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati