Filial majburiy bo‘limiga 92 o‘rin ajratilgan bo‘lib, monitoring kunida 124 nafar bemor davolanayotganligi aniqlandi.
O‘rganish davomida filialning majburiy va ixtiyoriy statsionar bo‘limlar ko‘zdan kechirilganda, majburiy davolash bo‘limida bemorlarga joy masalasida muammo mavjudligi aniqlandi.
Filialning statsionar bo‘limida reanimatsiya va intensiv terapiya palatasi tashkil etilgan bo‘lib, reanimatsiya bo‘limi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan. Filialda davolanayotgan bemorlar belgilangan talablarga asosan, yetarli darajada dori-darmon va oziq-ovqat bilan taʼminlangan.
Filialning ixtiyoriy davolash bo‘limida bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, har bir bemor uchun 6kv metr joy mavjud. Ixtiyoriy davolash bo‘limida servis palatalar tashkil etilgan hamda bemorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida konditsioner, muzlatgich va televizor bilan taʼminlangan.
Monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar bildirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati