Murojaat nazoratga olinib, o‘rganilishi davomida aniqlanishicha, fuqaro D.E. 2012 yildan buyon kassir lavozimda ishlab kelgani, 2022 yilda sentyabrdan bola parvarishlash taʼtiliga ketgan xodim lavozimiga o‘tkazilganligi va shu yili o‘sha xodimning taʼtildan qaytishi vaji bilan ishdan bo‘shatilgan.
Fuqaro D.E.ning ish beruvchi va qator tegishli tashkilotlarga avvalgi ish joyiga tiklash bo‘yicha murojaatlari samara bermagach, u Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qiladi.
Murojaat o‘rganilganda fuqaroning mehnat huquqlari buzilgani aniqlandi va qonunbuzilish holatlari asoslantirilib, AT Xalq bank boshqaruvi raisiga Ombudsman taqdimnomasi kiritildi. Natijada fuqaro D.E. kassir lavozimiga ishga tiklandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati