O‘rganish davomida, dastlab 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga tayyorlanayotgan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Kameralarga kirib, muassasada yaratilgan sharoitlar yuzasidan mahbuslarning fikrlari o‘rganildi. Shuningdek, 20 nafardan ortiq mahbuslarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, tergov hibsxonasiga o‘rnatilgan “Ombudsman qutilari” tekshirilganda, 8 ta murojaat qoldirilgani maʼlum bo‘ldi. Murojaat egalari bilan yakka tartibda suhbatlashildi 2 nafar mahbus himoyachisi o‘z vaqtida kelib suhbatlashmayotganligi sababli boshqa himoyachi olishda amaliy yordam so‘radi.
Yana bir mahbus o‘zida homiladorlik belgilari bo‘layotganligi sababli ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha murojaat qildi. Mahbus shu kuni shifoxonaga olib borilib, UTT va boshqar tekshiruvlardan o‘tkazilganida uning homilador ekanligi aniqlandi. U boshqa kameraga o‘tkazilib, shifokorlarning alohida nazoratiga olindi.
Boshqa murojaatlar nazoratga olinib, o‘rganilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati