Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan uchrashdi
2023 yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Sirdaryodagi 40-son Manzil-koloniyasidagi mahkumlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahkumlarning manzil-koloniyadagi sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi va ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida qabul qilingan normalar bilan tanishtirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 sentyabrdagi “Aholini ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati ochib berildi.

Unga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirganidan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya berilishi belgilangan.

Shuningdek, “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatilishi belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati