Bu boradagi navbatdagi loyiha - Ombudsmanning mobil ilovasi ham murojaatchilarga yana qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda fuqarolarga onlayn maslahat berish, murojaatning ijro holatini onlayn ravishda monitoring qilib borish, mobil ilova orqali murojaat ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlardan yuborilgan javob xatlari , statistik maʼlumotlar bilan tanishish, so‘rovnomalar o‘tkazish kabi xizmatlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
2023 yilning 18 sentyabr kuni ushbu mobil ilovaning dastlabki taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ushbu ilovani yana-da takomillashtirib bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
Ombudsman mobil ilovasi ishga tushirilgach, uning barcha imkoniyatlari haqida jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati