Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kunida global inqiroz davrida inson huquqlarining taʼminlanishi, salomatlik huquqi mavzularida Italiya, Gretsiya, Moldova, Turkiya, Ukraina, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Brazilya kabi davlatlar tajribasi o‘rganildi va ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori Akmal Saidov onlayn tarzda ishtirok etdi.
Italiyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Bolgariya, Belgiya, Gretsiya, Moldova, Turkiya, Burkina-Faso, Morokko, JAR, Qozog‘iston, Serbiya, Buyuk Britaniya va Kanada davlatlari Ombudsmanlari bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama uchrashuvlarda inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida Ombudsmanlar faoliyatiga joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar va yangi mexanizmlar borasida o‘zaro tajriba almashish, chet davlatlarida bo‘lgan hamyurtlarimiz huquqlarini himoya qilishda hamkorlikni mustahkamlash, xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Ombudsman Feruza Eshmatova Xalqaro Ombudsman Instituti Prezidenti va G‘arbiy Avstraliya Ombudsmani Kris Fild hamda Venetsiya komissiyasi bo‘limi boshlig‘i Karolina Martinlar bilan ham uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati