Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili “Turon” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Baʼzi murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgan bo‘lsa, baʼzilari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarda nafaqa pulini olish, moddiy yordam, elektr energiya ustunlarini yangilash, nogironlik arvachasi berish, sud masalalari, ipoteka krediti asosida uy-joy olish va uy-joyni davlat tomonidan taʼmirlashda yordam berish masalalari ko‘tarildi.

Fuqaro B.A. ancha yillardan buyon chap ko‘zi ko‘rmasligi va uni jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkinligini lekin, uning oilaviy sharoiti juda og‘ir bo‘lgani sababli yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼul xodimlari bilan o‘rganilib, oktyabr oyida bepul operatsiya qilinishi belgilandi.

Qolgan murojaatlar ham nazoratga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati