“Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari”mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirokchilarni Ombudsman faoliyati bilan tanishtirdi.
Tinglovchilarga Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlashdagi o‘rni, buzilgan huquqlarni tiklashda davlat organlari va idoralariga kiritilgan taʼsir choralari, qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha faoliyati, BMTning tegishli qo‘mitalariga kiritilayotgan muqobil maʼruzalar, Ombudsman plyus modeli haqida maʼlumotlar berilib, interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ikki kunlik o‘quv kursida turli vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 70 dan ortiq axborot xizmatlari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati