Qoraqalpog‘iston Respublikasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Nukus shahrida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda «Nogironlar jamiyati» vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollariga atroflicha javob berildi va ularning takliflari eshitildi.
Tadbir yakunida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili J.Shlimbetov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabulda 40 nafardan ortiq fuqarolar murojaat qilishdi. Ularda asosan bepul davolanishi uchun order olish, sog‘lig‘ini tiklash uchun dori-darmonlar, nogironlik nafaqasini olish, nogironlik aravachasini olib berish, uy-joy, moddiy yordam berish masalalari ko‘tarildi.
Qabulda 6 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 38 ta murojaat nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati