Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Aholi iltimosiga ko‘ra, Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” MFYda Ombudsman mintaqaviy vakilining sayyor qabuli tashkil etildi
2023 yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakilining Diyor Husanov Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Ularda elektr taʼminotidagi uzilishlar va transformatorlarnilarni yangilash, gaz quvurlarini tozalash, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, shirkat tomonidan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlaridagi kamchiliklar, moddiy yordam olish hamda tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish kabi masalalar ko‘tarildi.

Jumladan, fuqaro K.Z. ushbu mahallada yashovchi  ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga madaniy xordiq olishlarini tashkil etish masalasida murojaat qildi. Ushbu murojaat viloyat hokimligi va Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda hal etildi. Shu kunning o‘zida 52 nafar nuroniy, temir daftarda turgan ayollar va yoshlar Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat o‘zbek davlat musiqali drama teatriga olib borildi.

Qolgan murojaatlar ham Ombudsman mintaqaviy vakili nazoratiga olindi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati