Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman bilan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi loyihalar muhokama qilindi
2023 yilning 1 noyabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ombudsman faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalari haqida fikr almashildi.

O‘zbekistonda ish boshlaganimga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, shunga qaramay mamlakatingizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ko‘zga tashlanmoqda. Inson huquqlarini taʼminlash jarayonida Ombudsman instituti muhim ishtirokchi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan inson huquqlari sohasida doimo hamkorlikka tayyormiz, — dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman.

Suhbat davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati