Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Farg‘onadagi maxsus qabulxona sharoitlari yaxshi emasligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro Q.B. murojaat qilib, viloyatdagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan akasi X.B. sharoitlari yaxshi emasligidan shikoyat qildi.

Murojaat nazoratga olinib, huquqbuzar X.B.ning saqlanish sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida u  O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi talablariga zid ravishda belgilangan kamida 2,5 kv.m.dan kam bo‘lgan kamerada saqlanayotganligi aniqlandi. 

Shu kunning o‘zida X.B. boshqa kameraga o‘tqazilib, murojaat muallifining talablari qanoatlantirildi.

Shu bilan birga unga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari xam yetkazilishi taʼminlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati