Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqand viloyatida joylashgan Manzil-koloniyasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda 6 nafar mahkumda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ehtiyoj borligi aniqlandi – Ombudsman
2023 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatida bo‘yicha mintaqaviy vakili tomonidan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan 37-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirdi. Monitoringda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Manzil-koloniyadagi oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan xonalar hamda ishlab chiqarish obyektlari hamda mahkumlarning mehnat sharoitlari va oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish masalasi o‘rganildi.

Shuningdek, monitoring tashrifi davomida mahkum va mahkumalar bilan jamoaviy hamda 5 nafar mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Monitoring doirasida, 16 nafar shifokorlar guruhi va avtobusga o‘rnatilgan ko‘chma mobil oftalmolog, ultra tovush, EKG va laboratoriya uskunalari yordamida 320 nafar mahkumni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tibbiy ko‘rikda ularning 6 nafarida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish ehtiyoji borligi aniqlandi va tegishli ro‘yxat shakllantirildi. Bundan tashqari, 5 nafar mahkum shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan dori-vositalari bilan taʼminlandi.

Shu bilan bir qatorda, ushbu Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan mahkum va mahkumalar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan 2 ta nogironlik aravachasi, 4 ta qo‘ltiq tayoq va 2 ta hassa ajratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati