Qabulga 20 dan ortiq fuqarolar kelib, uy-joy, meros, kompensatsiya, aliment undirish, moddiy yordam olish, sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.
Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati