Unda joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Raxmonovga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan rad etilib, fuqaroni sud zalidan darhol ozod etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsada u qo‘yib yuborilmasdan shahar prokuraturasiga olib borilib qiynoqqa solingani xabar qilingan.
Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan o‘rganishga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat kiritildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati