Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Sharmanda taxtasi” bo‘yicha Ombudsman munosabat bildirdi
Kun.uz saytida bugun, 2024 yil 7 fevral kuni “Navoiyda “Sharmanda taxtasi” paydo bo‘ldi” sarlavhada xabar eʼlon qilindi.

Taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi qatʼiy belgilangan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7 moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mahallalardagi eʼlon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqidagi maʼlumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmat